locale OZ

Boks. O‘smirlarimiz ham Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi

Toshkent mezbonlik qilgan boks bo‘yicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. O‘smirlarimiz ham Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi
photo: boks Uzbekistan

O‘smirlarimiz ham Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi.

Toshkent mezbonlik qilgan boks bo‘yicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida 17 yoshgacha bo‘lgan bokschilar qit’a chempionligi uchun jang qildilar.

Quvonarlisi, ushbu yosh toifasidagi hamyurtlarimiz ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Musobaqa davomida bokschilarimiz 9 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza, jami 22 ta medal jamg‘arishdi.

photo: boks Uzbekistan

Oltin:
-54 kg: Qumriniso Muhammadova
-63 kg: Mehrimax Qilichova
-70 kg: Karina Ilmuratova
80+ kg: Sohibaxon Xudoyberdiyeva
-48 kg: Kamronbek Bahodirov
-63 kg: Rushen Saydullayev
-66 kg: Bahodir Xoliqulov
-70 kg: Abduvohid Abdumajidov
-75 kg: Ma’rufjon Toshpo‘latov

Kumush:
-46 kg: Ruxshonabonu Ahadova
-50 kg: Parvina Shakarova
44-46 kg: Abdulloh Nuraliyev
-52 kg: Oybek Alimjonov
-54 kg: Abdulbosit Yursunboyev
-60 kg: Ahmadxon Abdusattorov
-80 kg: Samandarbek Umarov

Bronza:
-48 kg; Farangiz Usvaliyeva
-52 kg: Marjona Xudoyberdiyeva
-60 kg: Salomatxon Sardorova
-66 kg: Diyora Bo‘riboyeva
-75 kg: Lobar Shaymanova
-80 kg: Feruzabonu Kamolova

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting