Boks. Osiyo o‘yinlari tarixi yoxud barcha g‘olib va sovrindorlar
Osiyo o‘yinlari tarixi yoxud barcha g‘olib va sovrindorlar.
Kuni kecha Yaponiya mezbonligidagi Osiyo o‘yinlarining tafti sovumasdan turib, biz ushbu qit’amizning eng nufuzli musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz bilan tanishtirib o‘tamiz.
Darvoqe, O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi yurishi ham aynan 1994 yil Yaponiyada — Xirosimada boshlangan edi.
“Xirosima-1994” (Yaponiya)
Ushbu O‘zbekiston uchun ilk Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 2 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-pog‘onani egallagan.
Oltin medal!
-91 kg:
Alisher Avazbayev
Avazbayev finalda Saudiya Arabistoni vakili Yusuf Xavsafini mag‘lub etgan.
+91 kg:
Oleg Maskayev
Maskayev finalda eronlik Muhammad Rizoni mag‘lub etgan.
Bronza medal!
-67 kg:
Narimon Otayev
-75 kg:
Dilshod Yorbekov
“Bangkok-1998” (Tailand)
Siam yurtida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-pog‘onani egallagan.
Oltin medal!
-63,5 kg:
Muhammadqodir Abdullayev
Abdullayev finalda indoneziyalik Villam Papilayani mag‘lub etgan.
-81 kg:
Sergey Mixaylov
Mixaylov finalda janubiy koreyalik Li Sen Be ustidan zafar quchgan.
-91 kg:
Ruslan Chagayev
Chagayev finalda pokistonlik Muzaffar Iqbol Mirzani mag‘lub etgan.
Kumush medal!
-54 kg:
Timur To‘lyakov
-57 kg:
To‘lqunboy Turg‘unov
-60 kg:
Timur Suleymanov
-75 kg:
Dilshod Yorbekov
Bronza medal!
-67 kg:
Narimon Otayev
+91 kg:
Lazizbek Zokirov
“Pusan-2002” (Janubiy Koreya)
Janubiy Koreya mezbonligidagi Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida yetakchi bo‘lishgan.
Oltin medal!
-60 kg:
Dilshod Mahmudov
Mahmudov finalda janubiy koreyalik Pek Jon Sopni mag‘lub etgan.
-75 kg:
O‘tkirbek Haydarov
Haydarov finalda pokistonlik Ahmad Ali Xanni mag‘lub etgan.
-81 kg:
Ikrom Berdiyev
Berdiyev finalda mezbon Chxve Gi Sun ustidan zafar quchgan.
-91 kg:
Sergey Mixaylov
Mixaylov finalda pokistonlik Shaukat Alini mag‘lub etgan.
+91 kg:
Rustam Saidov
Saidov finalda qozog‘istonlik Muxtorxon Dildabekovni taslim etgan.
Kumush medal!
-54 kg:
Behzod Xidirov
Bronza medal!
-63,5 kg:
Baxit Sarsekbayev o‘shanda O‘zbekiston sharafini himoya qilib, bronza medal olgan edi. Uning keyinchalik Qozog‘istonga ko‘chib ketib, ushbu yurt sharafini himoya qilganini bilasiz. (Ma’lumot tariqasida.)
-67 kg:
Sherzod Husanov
-71 kg:
Sirojiddin Naimov
“Doxa-2006” (Qatar)
Ushbu yilgi Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan o‘rin egallagan.
Oltin medal!
-57 kg:
Bahodirjon Sultonov
Sultonov finalda mo‘g‘ulistonlik Enxzorigni mag‘lub etgan.
-75 kg:
Elshod Rasulov
Rasulov finalda qozog‘istonlik Baxtiyar Artayev ustidan zafar quchgan.
+91 kg:
Rustam Saidov
Saidov finalda qozog‘istonlik Muxtarxon Dildabekovni mag‘lub etgan.
Kumush medal!
-91 kg:
Jasur Matchonov
Bronza medal!
-60 kg:
Bekzod Xidirov
-64 kg:
Dilshod Mahmudov
“Guanjou-2010” (Xitoy)
Chin yurtidagi Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallashgan.
Oltin medal!
-81 kg:
Elshod Rasulov
Rasulov finalda hindistonlik Dinesh Kumarni mag‘lub etgan.
Kumush medal!
-69 kg:
O‘ktamjon Rahmonov
-75 kg:
Abbos Atoyev
Bronza medal!
-60 kg:
Xurshid Tojiboyev
-64 kg:
Sanjarbek Rahmonov
“Inchxon-2014” (Janubiy Koreya)
Ushbu Osiyo o‘yinlari boksimiz tarixidagi eng omadsizi bo‘lgandi. Vakillarimiz birorta ham oltin medal ola bilmagan. Yakunda 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan 8-o‘rinni egallagan.
Kumush medal!
-52 kg:
Shahobiddin Zoirov
-69 kg:
Isroil Madrimov
Bronza medal!
-81 kg:
Oybek Mamazulunov
+91 kg:
Mirzohid Abdullayev
“Jakarta-2018” (Indoneziya)
Bu galgi Osiyo o‘yinlarida bokschilarimiz 5 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan o‘rin olgan.
Oltin medal!
-52 kg:
Jasurbek Latipov
Latipov finalda filippinlik Roxen Ladonni mag‘lub etgan.
-56 kg:
Mirazizbek Mirzaxalilov
Mirzaxalilov finalda shimoliy koreyalik Jo Xyo Namni mag‘lub etgan.
-64 kg:
Iqboljon Xoldorov
Xoldorov finalda mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsuxiyn ustidan zafar quchgan.
-69 kg:
Bobousmon Baturov
Baturov finalda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovni mag‘lub etgan.
-75 kg:
Isroil Madrimov
Madrimov finalda qozog‘istonlik Abilxan Amankul ustidan g‘alabaga erishgan.
Kumush medal!
-49 kg:
Hasanboy Do‘smatov
-60 kg:
Shunqor Abdurasulov
“Xanchjou-2023” (Xitoy)
Xitoyda o‘tgan ushbu Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoydan keyin 2-pog‘onani zabt etgan.
(Erkaklar terma jamoamiz tengsiz bo‘lgan. Xitoy terma jamoasi 4 nafar ayol bokschisining oltin medali hisobiga birinchi pog‘onani egallagan.)
Oltin medal!
-51 kg:
Hasanboy Do‘smatov
Do‘smatov finalda tailandlik Titisan Panmod ustidan zafar quchgan.
-57 kg:
Abdumalik Xalokov
Xalokov finalda yaponiyalik Shuday Xaradani mag‘lub etgan.
+92 kg:
Bahodir Jalolov
Jalolov finalda Qamshibek Ko‘nkaboyevni mag‘lub etgan.
Bronza medal!
-80 kg:
To‘rabek Xabibullayev
-54 kg:
Nigina O‘ktamova
2026 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi natijalardan esa boxabarsiz. Xullas, Yaponiyada boshlangan Osiyo o‘yinlaridagi yurishimiz hozircha Yaponiyada yakunlanib turibdi. Natijalar esa guvohi bo‘lganingizdek... Yana 4 yildan keyin ehtimol yangi rekordlar qayd etilar!