locale OZ

boks. Osiyo o‘yinlari oldidan yurtimizdagi so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 1 sentyabrga qadar davom etadi.
boks. Osiyo o‘yinlari oldidan yurtimizdagi so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi
photo: boks Uzbekistan

Osiyo o‘yinlari oldidan yurtimizdagi so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.

23 avgust kuni Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida erkaklar terma jamoamizning Osiyo o‘yinlari oldidan yurtimizdagi so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini start oldi.

Bosh murabbiy To‘lqin Qilichev boshchiligidagi murabbiylar shtabi sportchilarning musobaqaga har tomonlama tayyorgarligini yanada mustahkamlash, texnik-taktik mahorat va jismoniy holatni yuqori cho‘qqiga olib chiqish borasida zarur ishlarni olib bormoqda.

Yig‘in davomida bokschilarning Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etishi, har bir jangga puxta tayyorgarlik ko‘rishi hamda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 1 sentyabrga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting