locale OZ

Boks. Osiyo chempionati oldidan qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandi

Mazkur yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Sirojiddin Naimov ushbu mashg‘ulotlar jarayoniga boshchilik qilmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Osiyo chempionati oldidan qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandi
photo: boks Uzbekistan

Kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatidan avval o‘ziga xos qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi. Bugun tongda yetib kelgan Turkmaniston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan o‘zbekistonlik bokschilar o‘rtasida yig‘in boshlandi.

Mazkur yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Sirojiddin Naimov ushbu mashg‘ulotlar jarayoniga boshchilik qilmoqda. Shuningdek "master-klass" tarzida tashkil etilayotgan qo‘shma mashg‘ulotlarda boshqa mamlakatlar ham ishtirok etish istagini bildirishgan.

Albatta, xorijiy federatsiyalar ham o‘z terma jamoasini o‘zbekistonlik murabbiylarning mahorat darslarida ishtirok etishni xohlashayotgani barchani birdek xursand qilsa kerak.

Bizni kuzatib boring, ushbu yig‘in doirasidan ham "qaynoq" yangiliklar va videolavhalarni e’tiboringizga havola etib boramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting