locale OZ

Boks. Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi

Ushbu jang14-sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi
Photo: gettyimages

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida boks olamining yirik voqealaridan biri — professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu jangda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan, professional bokschi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tariladi.

Murodjon Ahmadaliyev bu safar superengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue bilan to‘qnashadi. Bu jangda WBA kamari uchun majburiy da’vogar sifatida ishtirok etadigan o'zbek sportchisi besh karra chempionlik kamarini qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi.

photo: gettyimages



Ushbu oqshom, boks tarixidagi eng yirik va murosasiz janglardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur boks oqshomi 14 sentyabr kuni 13:00 da bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting