locale OZ

Boks. Milliy jamoamiz a’zolari Xitoydagi o‘quv- mashg‘ulot yig‘ini va turnirni yakunladi

Yakunlarga ko‘ra jamoamiz vakillari turnirni 7 ta oltin, 4 kumush va 6 ta bronza medallari bilan tugatishdi.
Boks. Milliy jamoamiz a’zolari Xitoydagi o‘quv- mashg‘ulot yig‘ini va turnirni yakunladi
photo: boks Uzbekistan

Milliy jamoamiz a’zolari Xitoydagi o‘quv- mashg‘ulot yig‘ini va turnirni yakunladi.

14–29 sentyabr kunlari Xitoyning Sinszyan avtonom okrugida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari ishtirokida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazildi va bokschilarimiz yig‘in mobaynida 4th “Belt and Road” xalqaro turnirida ham ishtirok etdilar. Yakunlarga ko‘ra jamoamiz vakillari turnirni 7 ta oltin, 4 kumush va 6 ta bronza medallari bilan tugatishdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-50 kg. Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-60 kg. Shoxrux Abdumalikov
-65 kg. Madiyar Daniyarov
-90 kg. Ruslan Sharipboyev
+90 kg. Madiyar Saydrahimov
-51 kg. Zilolaxon Yusufova
-80 kg. Ruxshona Parpiyeva

Kumush medal:
-65 kg. Atxamjon Muxitdinov
-75 kg. Safarmurod Allaberganov
+90 kg. Shaxzod Polvonov
+80 kg. Sobiraxon Shohobiddinova

Bronza medal:
-50 kg. Amirbek Ismoilov
-70 kg. Abdulaziz Jo‘raqulov
+90 kg. Ozodbek Aliyev
-48 kg. Jasmin Tohirova
-65 kg. Sevinch Xurramova
-75 kg. Aysanem Saruarova

Murabbiylar: Ramz Axmedov, Yusufjon Tursunov, Ikrom Berdiyev, Ozod Xasanov, Baxodirjon Nuriddinov, Rustam Abilov.

Hakam: Asliddin Abdualimov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting