Boks. Liverpul. Xumorabonu Mamajonova Yangi Zelandiyalik sportchini mag'lub qildi
O'zbek bokschisi keyingi bahsini 7 sentyabr kuni o‘tkazadi.
photo: boxing Uzbekistan
O'zbek boskchilari 5-sentyabr kuni bo'lib o'tadigan janglarni g'alaba bilan boshladi. -57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Xumorabonu Mamajonova Yangi Zelandiya vakilasi Lai-Karlile Alini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi, 5:0. Mamajonova keyingi bahsini 7 sentyabr kuni o‘tkazadi.
4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.
60 davlatdan 500 dan ortiq bokschilar dunyo birinchiligida ringga ko‘tarilmoqdalar.