locale OZ

Boks. JChda O‘zbekiston terma jamoasining ishtiroki bo‘yicha qiziqarli faktlar

Musobaqada 6 ta oltin medal qo‘lga kiritildi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. JChda O‘zbekiston terma jamoasining ishtiroki bo‘yicha qiziqarli faktlar
Фото: Boxing Uzbekistan

Boks bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokimizga oid eng qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

👉 O‘zbekiston terma jamoasi dunyo birinchiligida ilk bor 6 ta oltin medal oldi;

👉 Yigitlarimiz 6 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan erkaklar terma jamoalari orasida birinchi bo‘lishdi;

👉 Abdumalik Xalokov va Asadxuja Mo‘ydinxujaev ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi;

👉 Erkaklar o‘rtasida barcha vazn toifalaridagi oltin medallar faqat O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi;

👉 Abdumalik Xalokov va Akmaljon Isroilov barcha janglarda har bir raundni 5:0 hisobida o‘z foydalariga yozdirib qo‘yishdi;

👉 To‘rabek Habibullaev, Akmaljon Isroilov, Javohir Ummataliev va Fazliddin Erkinboev birinchi bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashishdi va ilk urinishda ham oltin medalga sazovor bo‘lishdi;

👉 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini (1 ta kumush va 3 ta bronza) takrorladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting