Boks. Isroil Madrimov 10 raundlik jangda Luis David Salazar ustidan g‘alaba qozondi
AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan professional boks oqshomi doirasida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov ringga ko‘tarildi.
Super yarim o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi Madrimovga Dominikan Respublikasi vakili Luis David Salazar raqiblik qildi.
10 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan (99-91, 99-91, 99-91) Isroil Madrimov g‘alaba qozondi.
30 yoshli Isroil Madrimov prof boksda 14 ta jang o‘tkazib, 11 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Endi uning hisobida 2 ta mag‘lubiyat bor. U so‘nggi bor 2025 yilning 23 fevral kuni Saudiya Arabistonida WBC Interim chempionlik kamari uchun AQSh vakili Vergil Ortizga qarshi ringga ko‘tarilgan va hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergan edi.