locale OZ

Boks. Farg‘onada katta tadbir o‘tkazildi.

Qo‘ldosh ota Tadjiboyevning 80 yoshli yubiley tug‘ilgan kuni ham o‘tkazildi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Farg‘onada katta tadbir o‘tkazildi.
photo: boxing Uzbekistan

Kuni kecha Farg‘ona viloyatida 1 oktyabr – “O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab O‘zbekiston boks federatsiyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan tadbir tashkil etildi. Tadbirda, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, Farg‘ona viloyati boks federatsiyasi bo‘limi raisi va ijrochi direktori Axadjon Gulomov hamda Murodjon Dadaboyev, O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboyev, terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, katta murabbiyimiz Rahmatjon Ro‘ziohunov, farg‘onalik bokschilar, murabbiylar va boshqa rasmiylar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, Farg‘ona boksiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir qator, murabbiylar, viloyat boks federatsiyasi bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Ko‘taringki ruhda tashkil etilgan bayramning davomi ularoq, Farg‘ona boksi asoschilaridan biri, tajribali boks murabbiyi, Farg‘ona boks maktabining bo‘y cho‘zishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan mutaxassis Qo‘ldosh ota Tadjiboyevning 80 yoshli yubiley tug‘ilgan kuni ham o‘tkazildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting