locale OZ

Boks. Deyarli bir hafta davom etgan o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati ham o‘z yakuniga yetdi

Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, bu toifadagi mamlakat birinchiligi ham kattalar va yoshlar chempionatidan raqobat, shiddat borasida aslo qolishmadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Deyarli bir hafta davom etgan o‘smirlar  o‘rtasidagi mamlakat chempionati ham o‘z yakuniga yetdi
photo: boks Uzbekistan

Deyarli bir hafta davom etgan o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati ham o‘z yakuniga yetdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, bu toifadagi mamlakat birinchiligi ham kattalar va yoshlar chempionatidan raqobat, shiddat borasida aslo qolishmadi.

Murosasiz kechgan janglar muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, yosh iste’dod egalari o‘z navbatini kutib turganligi va kelajakda akalaridan sira qolishmaydigan natijalar qayd eta olishlarini namoyish etishdi.

Yakunda, 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Toshkent viloyati jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionatning “Eng yaxshi jamoasi”ga aylandi.
4 ta oltin, 4 ta bronza medal bilan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi 2-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 2 ta oltin, 7 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.

An’anaga muvofiq chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” ham aniqlandi va bu nominatsiya Toshkent viloyati vakili Asliddin Usubaliyevga nasib etdi.
Chempionatning “Eng yaxshi hakami” deya Asliddin Abdualimov e’tirof etildi. Shu tariqa o‘smirlar o‘rtasidagi chempionat ham yuqori notada yakunlandi.
Navbat esa kichik o‘smirlar chempionatiga!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting