locale OZ

Boks. Bugung ringga ko‘tarilgan 7 nafar bokschimizning barchasi g‘alaba qozondilar

Yigitlarning 6 tasi yarim finalda, qolganlar bo‘lsa ertaga, chorak finalda ringga ko‘tariladi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Bugung ringga ko‘tarilgan 7 nafar bokschimizning barchasi g‘alaba qozondilar
photo: boxing Uzbekistan

Bugun MDH o‘yinlari doirasida chorak final bahslari davom ettirildi. Unga ko‘ra, ringga ko‘tarilgan 7 nafar bokschimizning barchasi g‘alaba qozondilar.

Hozircha qizlarimiz to‘liq tarkib bilan medallarni naqd qilishdi, ya’ni ularning barchasida yarim final yo‘llanmasi. Yigitlarning 6 tasi yarim finalda, qolganlar bo‘lsa ertaga, chorak finalda ringga ko‘tariladi.

Bugungi natijalar bilan tanishing:

-57 kg: Farzuna Ro‘ziyeva - 🇹🇯Mizaiyana Elnazarova (Tojikiston) 2 raundda texnik g‘alaba

-60 kg: Mehrimax Qilichova - 🇷🇺Zlata Iliashenko (Rossiya) 4:1

-66 kg: Ulbosin Jalgasbayeva - 🇧🇾Nadzeya Bazileva (Belarus) 1 raundda texnik g‘alaba

-46 kg: O‘tkirbek Norqosimov - 🇷🇺Muhammad Useinov (Rossiya) 5:0

-50 kg: Azizbek Shokirjonov - 🇦🇿Mahammadali Karimli (Ozarbayjon) 5:0

-54 kg: Behruzjon Rohataliyev - 🇷🇺Maksim Monastirski (Rossiya) 4:1

-70 kg: Oybekjon Abdurahimov - 🇦🇿Hidayyat Mammadov (Ozarbayjon) 2 raundda texnik g‘alaba

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting