Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Janubiy Afrikada otib o‘ldirildi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Zolani Tete Janubiy Afrika Respublikasida otib o‘ldirildi. 38 yoshli bokschi Sharqiy Keyp provinsiyasining Mdantsane shahridagi uyi yaqinida qurolli hujumga uchragan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Tete avtomobilida uyiga kelib, darvoza ochilishini kutayotgan paytda niqob taqqan ikki qurolli shaxs unga hujum qilgan. Bokschi voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinada bo‘lgan 27 yoshli ayol ham bir necha marta o‘q yegan va shifoxonaga yotqizilgan.
Janubiy Afrika politsiyasi hodisa yuzasidan qotillik bo‘yicha tergov boshlagan. Mamlakat sport, san’at va madaniyat vaziri Gayton Makkenzi Tete vafotini Janubiy Afrika sporti uchun katta yo‘qotish deb atadi.
Ma’lumot uchun, Zolani Tete faoliyati davomida ikki vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. U super yengil vaznda IBF va eng yengil vaznda esa WBO chempionlik kamarlariga egalik qilgan.