locale OZ

Boks boʻyicha Oʻzbekiston U17 terma jamoasi eng koʻp finalchi bilan hal qiluvchi bosqichga yoʻl oldi

Ertaga U15, 15-may kuni esa U17 yosh toifalarida final janglari boʻlib oʻtadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks boʻyicha Oʻzbekiston U17 terma jamoasi eng koʻp finalchi bilan hal qiluvchi bosqichga yoʻl oldi
Фото: Olympic.uz

Toshkent mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida yarim final janglari ortda qoldi. Oʻsmirlar (U17) toifasidagi bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili (6 nafar qiz va 10 nafar yigit) final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Shubhasiz, bu ishtirokchi davlatlar orasidagi eng yuqori natija boʻldi. Bu koʻrsatkich boʻyicha Qozogʻiston terma jamoasi 11 nafar finalchi bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, kuchli uchlikni 9 nafar finalchiga ega Hindiston terma jamoasi yakunlab turibdi.

Eslatib oʻtamiz, kichik oʻsmirlar (U15) toifasida ham 21 nafar bokschimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, eng yuqori natijani qayd etgan edi.

Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga U15, 15-may kuni esa U17 yosh toifalarida final janglari boʻlib oʻtadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting