Boks bo‘yicha Osiyo chempionati oldidan Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 3-15-may kunlari Toshkent shahrida boks bo'yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun Sport vaziri o'rinbosari Shaxrillo Maxmudov boshchiligida xalqaro musobaqani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xalqaro turnirni yuqori darajada o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, xorijdan keladigan sport delegatsiyalariga zarur shart-sharoitlarni yaratish va bu borada tegishli vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati muhokama qilindi.
Mas’ullarga musobaqa ishtirokchilari tashrif buyuradigan joylar va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlanishi, shuningdek, xalqaro turnirni yuqori darajada o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator muhim topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.