Boks bo‘yicha JCH. Asadxuja Mo‘ydinxujaev finalga yo‘l oldi
Uning raqibi jarohat sabab jangdan voz kechdi.
Фото: Boxing Uzbekistan
Liverpul shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yana bir vakilimiz finalga chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida -65 kg vaznda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yarim final bahsi, gruziyalik Lasha Gurulining jarohati sababli o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Shu tariqa, ertaga final Asadxuja va braziliyalik Yuri Reis o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist