locale OZ

Boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kungi janglari o‘tkazildi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kungi janglari o‘tkazildi
Rasm: vesti.kz Asilbek Jalilov

1 apreldan 2 aprelga o‘tar kechasi uch nafar o‘zbekistonlik sportchi Jahon kubogi doirasida ringga chiqdi.

Bellashuvlarda quyidagilar to‘qnash keldi:
Soat 23:15 da -60 kg vazn toifasida: Madiyar Daniyarov (O‘zbekiston) – Mikele Baldassi (Italiya)
Soat 03:30 da -50 kg vazn toifasida: Asilbek Jalilov (O‘zbekiston) – Nurzat Ongarov (Qozog‘iston)
Soat 04:45 da -85 kg vazn toifasida: Akmaljon Isroilov (O‘zbekiston) – Leonid Berisha (Shveytsariya)

O‘zbekistonlik bokschi Madiyar Daniyarov 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Asilbek Jalilov qozog‘istonlik bokschiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, raqibini 5:0 hisobi bilan mag‘lub etdi. 85 kg vazn toifasidagi Akmaljon Isroilov ham jangni nokdaun bilan yakunlab, navbatdagi bosqichga o‘tdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting