Boks. Asilbek ham keyingi bosqichda!
PHOTO: Google
Boks bo’yicha Braziliya davlatida bo’lib o’tayotgan Jahon chempionatining ikkinchi kun kechki dasturdagi janglari bo’lib o’tdi.
Asilbek Jalilov kechki dasturdagi bahslarimizni boshlab berdi. -50 kg vazn toifasida ringga ko’tarilgan hamyurtimiz qozog’istonlik raqibi Nurzat Ongarovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik 5:0 hisobidagi g’alabani o’zi uchun rasmiylashtirdi.
Sportchilarimiz ishtirokidagi janglar natijalarini saytimiz orqali kuzatib boring
Ibrohim Jalolov
Redaktor