locale OZ

Boks. Aleksandr Usik Duboani beshinchi raundda nokautga uchratib, mutlaq jahon chempioniga aylandi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Aleksandr Usik Duboani beshinchi raundda nokautga uchratib, mutlaq jahon chempioniga aylandi
Photo: Getty Images

Londondagi “Uembli” stadionida Usik va Duboa o‘rtasida revanj jangi bo‘lib o‘tdi.

38 yoshli mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgan ukrainalik bokschi Aleksandr Usik 27 yoshli britaniyalik Daniyel Duboani beshinchi raundda nokaut evaziga mag‘lub etdi.

Shu tariqa Usik super og‘ir vazn toifasida boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Usik va Duboa o‘rtasidagi dastlabki jang 2023 yil 26 avgust kuni Polshaning Vrotslav shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda ukrainalik sportchi to‘qqizinchi raundda raqibini nokautga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, Usik professional boksda 2013 yildan beri ishtirok etadi. Uning rekordida 24 ta g‘alaba mavjud bo‘lib, ulardan 15 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U avval birinchi og‘ir vazn toifasida ham mutlaq jahon chempioni bo‘lgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting