Boks: 30 may kuni yarim finallar yakunlanadi — 9 nafar o‘zbekistonlik ringga ko‘tariladi
Boks bo‘yicha musobaqalarda yarim final bahslarining so‘nggi kuni boshlandi. Kecha, 29 may kuni o‘tgan janglardan so‘ng 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi finalga yo‘l oldi. Bugun esa yana 9 nafar bokschimiz hal qiluvchi janglarda qatnashadi.
Quyidagi juftliklarda o‘zbekistonliklar ringga chiqadi:
-70 kg: Oysha Toirova — Zhao Chunyuan (Xitoy), soat 12:00
-60 kg: Madiyar Daniyarov — Mohammad Abu (Iordaniya), soat 13:00
-80 kg: Samandar Jalolov — Tanglatihan Tuohataerbieke (Xitoy), soat 13:30
-85 kg: Nusratbek To‘hirov — Bekzat Tangatar (Qozog‘iston), soat 14:00
-57 kg: Nigina O‘ktamova — Punrave Ruennros (Tailand), soat 15:15
-75 kg: Aziza Zokirova — Karine Airapetyan (Ukraina), soat 15:45
-50 kg: Shodiyorjon Meliquziev — Titivat Plongaur (Tailand), soat 16:00
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov — Kan Chia-Wei (Xitoy Taypeyi), soat 16:30
-75 kg: Javohir Abdurahmonov — Zaid Iyashash (Iordaniya), soat 17:00
Janglar ikki qismda o‘tadi. Birinchi dastur soat 12:00 da, ikkinchisi esa 15:00 da start oladi.