locale OZ

Bob Arum: 60 yillik faoliyatimda Inouega o'xshagan bokschini ko'rmaganman

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Mashhur amerikalik promouter Bob Arum jahon boksining eng yuqori pog'onalarida turadigan yaponiyalik Naoya Inoue haqida baland fikr bildirdi.

— Inoue faqat o‘z vazn toifasida emas, balki umumiy hisobda ham dunyoning eng kuchli bokschisi. Men uni faqat reytingda emas, umuman boks tarixidagi eng zo‘r jangchilardan biri, desam xato bo‘lmaydi. Qariyb 60 yillik tajribamda unga o‘xshash bokschini uchratmaganman, — dedi Arum.

Ma’lumki, Naoya Inoue hozirda ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. Uning navbatdagi jangini 14 sentabr kuni o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting