Bivolning WBO kamari Ayfertga qarshi jangda oʻrtaga qoʻyilmaydi — manba
Ushbu toʻqnashuv 30 may kuni boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
Rossiyalik Dmitriy Bivolga tegishli bo‘lgan yarimog‘ir vazn toifasidagi WBO kamari germaniyalik Mixael Ayfertga qarshi jangda o‘rtaga qo‘yilmaydi. Bu haqda Ring Magazine jurnalisti Mayk Koppinger WBO prezidenti Gustavo Oliveyrining maʼlumotiga tayanib xabar bermoqda.
Bunga Ukrainadagi davom etayotgan vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, WBO Bivolni chempionlik unvonidan mahrum qilmaydi. Jangda WBA va IBF kamarlari, shuningdek, The Ring jurnali talqini bo‘yicha yarimog‘ir vazndagi jahon chempionlik unvoni o‘rtaga qo‘yiladi.
Bivol va Ayfert o‘rtasidagi to‘qnashuv 30 may kuni Yekaterinburgdagi «UGMK-Arena»da, Rus mis kompaniyasi (RMK) ko‘magida o‘tkaziladigan RCC turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist