locale OZ

Bekzod Isadullaev TKO Boxing bilan shartnoma tuzishi mumkin

O‘zbekistonlik bokschi sentabrda Dana White promouterlik kompaniyasi safidan o‘rin olishi kutilmoqda
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Hamyurtimiz Bekzod Isadullaev faoliyatida katta o‘zgarish bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. U Dana Whitening TKO Boxing promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilish arafasida.

— Xudo xohlasa, sentabrda katta yangilik bo‘ladi. Hozir ustozimiz Feruz Yo‘ldoshev bilan mashg‘ulotlarni davom ettiryapmiz. In Sha Alloh, sentabrda barchasi hal bo‘ladi. Hozircha kutyapmiz. Raqiblarimiz ham aniqlanib qoladi. Ular bizga reytingi yuqori va kuchli raqib tayinlanishi mumkinligini aytishdi. Asosiy maqsad — Amerikaga ketish, — dedi Isadullaev.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Isadullaev professional ringda 14 marotaba jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting