locale OZ

Bektemir Meliqo‘ziev chempionlik kamari yo‘lidagi Eliminator jangini o‘tkazadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bektemir Meliqo‘ziev chempionlik kamari yo‘lidagi Eliminator jangini o‘tkazadi
Photo: gettyimages

Ma’lum bo‘lishicha, Meliqo‘ziyev 30 may kuni o‘zi hamkorlik qiladigan Golden Boy promouterlik kompaniyasi Las-Vegas shahrida tashkil etadigan prof boks oqshomi doirasida ringga qaytadi.

29 yashar hamyurtimizga o‘sha kuni amerikalik Daryus Fulgxem raqiblik qiladi. Jang supero‘rta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida o‘tkaziladi. Meliqo‘ziyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Fulgxem to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Ma’lumot uchun, Bektemir faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba (10 KO) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Daryus hisobida esa 14 ta jangda qo‘lga kiritilgan 14 ta g‘alaba (12 KO) bor.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting