Bektemir Melikuziev WBA reytingining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) may oyidagi natijalar bo‘yicha professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yaqinda da’vogar jangida g‘alaba qozongan Bektemir Melikuziev super o‘rta vazn toifasida 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Quyidagi bokschilarimiz WBAning so‘nggi reytingida quyidagicha o‘rin egallashdi:
• Hasanboy Do‘smatov (minimal vazn) — 8-o‘rinda qoldi;
• Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) — vaqtinchalik chempion maqomida qolmoqda;
• Muhammad Shekhov (birinchi yarim engil vazn) — 9-o‘ringa ko‘tarildi (o‘tgan oyda 13-o‘rinda edi);
• Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) — 3-o‘rinni saqlab qoldi;
• Sirojbek Ismoilov (engil vazn) — 13-o‘ringa tushdi (o‘tgan oy 11-o‘rinda edi);
• Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) — 1-o‘rinda qoldi;
• Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — 5-o‘rinda qoldi;
• Bektemir Melikuziev (super o‘rta vazn) — 3-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Bu natijalar o‘zbekistonlik bokschilarning jahon arenasidagi nufuzi ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.