locale OZ

Bassam Ganem O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bassam Ganem O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Фото: Boxing Uzbekistan

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-16 may kunlari Toshkent shahri o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tuvchi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur qit'a chempionatiga tayyorgarlik qay yo‘sinda kechayotganligi va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun kuni kecha, "Asian Boxing" tashkiloti Bosh menejeri Bassam Ganem yurtimizga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboyev hamrohligida martabali mehmon butun kun mobaynida Osiyo chempionatiga tashrif buyuruvchilarning yashash sharoitlari uchun yaratilgan qulayliklar hamda ushbu chempionat o‘tkaziluvchi arenani ko‘zdan kechirdi.

Qolaversa, janob Bassam kichik o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati final bahslarini ham bevosita arenadan kuzatib bordi.

Yakunda, Toshkent shahri nufuzli musobaqani yana bir marotaba yuqori saviyada o‘tkaza olishiga ishonch hosil qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting