locale OZ

Bahodir Jalolovning Nyu-Yorkdagi jangi 10 raund etib belgilandi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Superog‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan yurtdoshimiz Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi 26 iyul kuni AQShning Nyu-York shahridagi mashhur “Madison Square Garden” arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur kecha Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.

Avval xabar berganimizdek, Jalolov ushbu shou doirasida Italiya vakili, 36 yoshli Janmarko Kardiloga qarshi ringga chiqadi. Bokschimizning menejerlik kompaniyasi — “Mir Boksa” xabariga ko‘ra, jang 10 raund davom etadi.

Shu paytgacha Bahodir Jalolov professional ringda 15 marta jang o‘tkazgan va barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Barcha janglarda raqiblarini nokautga uchratgani uning kuchli zarbaga ega ekanini ko‘rsatadi.

Janmarko Kardilo esa o‘z faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazgan: 12 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 2 durang natijasiga erishgan. Uning barcha janglari Italiyada bo‘lib o‘tgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting