Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi, raqibi va manzili ma'lum!


Superog‘ir vazn toifasida yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Bahodir Jalolovning professional ringdagi navbatdagi jangi haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilindi. 27-iyul kuni (Toshkent vaqti bilan tongida) Bahodir AQShning Nyu-York shahrida joylashgan mashhur “Madison Square Garden” arenasida o‘tkaziladigan professional boks kechasida ringga chiqadi. Bu haqda uning hamkori Top Rank promouterlik kompaniyasi ma’lum qildi.
Jangda Jalolovga italiyalik tajribali bokschi Gianmarco Cardillo raqiblik qiladi. U Bahodir faoliyatidagi eng kuchli raqiblardan biri bo‘lishi mumkin. Cardillo bunga qadar barcha janglarini Italiyada o‘tkazgan. Uning rekordi: 12 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, 2 durang.
Jalolov esa professional ringdagi barcha 15 jangini g‘alaba bilan yakunlagan, ularning aksariyatini nokaut bilan. Bu jang Bahodir uchun jahon arenasiga yanada jiddiy qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Shu kechadagi yana bir qiziqarli bellashuv — yurtimiz sha’nini himoya qiladigan Isroil Madrimov ishtirok etadigan vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Uning ehtimoliy raqiblari Xander Zayas va Xorxe Garsia Peres o‘zaro vakant WBO chempionlik kamari uchun ringga chiqishadi.
Oqshomning markaziy jangida esa yarim engil vaznda WBC kamari uchun Bruce Carrington va Mateus Geita to‘qnash keladi.


Futbol
Kecha da 17:12

Futbol
Kecha da 14:05

Futbol
Kecha da 11:42