Bahodir Jalolovning 9 avgustdagi jangi so‘roq ostida qoldi
BoxRec’dagi chiqqan ma’lumotlar o‘chirildi, rasmiy izoh hali berilmadi
Rasm: Olympic.uz
Professional boksning superog‘ir vazn toifasidagi chempionimiz Bahodir Jalolov yaqinda Toshkentga qaytdi. Birinchi kunlar oldin BoxRec portali uning 9 avgust kuni AQShning Kaliforniya shtatida jang o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.
Biroq hozirda mazkur ma’lumotlar saytdan olib tashlangan. Hozircha na Bahodir Jalolov, na u bilan hamkorlik qiladigan Top Rank promouterlik kompaniyasi ushbu vaziyatga izoh berdi.
Jang taqdiri haqidagi aniq ma’lumotlar keyinroq ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor