locale OZ

Bahodir Jalolov WBO reytingida TOP-15likka kirdi

O'zbek og'ir vaznli bokschisi jahon reytingida 11-o'ringa ko'tarildi va eng yaxshi 15 sportchi safiga kirdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Bahodir Jalolov Jahon boks tashkiloti (WBO)ning og'ir vazn toifasi bo'yicha yangi reytingida 11-o'rinni egalladi. Ushbu natija orqali u mazkur toifadagi eng kuchli 15 bokschi qatoriga kirdi.

Og'ir vazn chempioni unvoni hozirda ukrainalik Aleksandr Usikka tegishli bo'lib turibdi. Vaqtinchalik chempionlik kamar esa yangi zelandiyalik Jozef Parker qo'lida. Reytingning birinchi pog'onasida esa britaniyalik istiqbolli bokschi Mozes Itauma joy olgan.

Jalolov so'nggi jangini joriy yilning 5 aprel kuni Astanada o'tkazdi. Unda u ukrainalik Igor Shevadzutskiyni bir ovozdan qabul qilingan hakamlar qarori bilan mag'lub etdi.

Qizig'i, avvaliga qozog'istonlik Ivan Dyichko Usik va Dyubua o'rtasidagi chempionlik jangida g'alabani aynan Usik qo'lga kiritishi mumkinligini taxmin qilgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting