Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov Astanaga yo‘l olishdi
FOTO: proboxing_uz
5-aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan prof boks oqshomi tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida ikki bokschimiz - superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 14-0, 14 KO) hamda yarimengil vazndagi Otabek Xolmatov (12-1, 11 KO) ham o‘zlarining navbatdagi reytingi janglarini o‘tkazishadi.
Jalolov ukrainalik Igor Shevadzuskiy (12-2, 10 KO)ga, Xolmatov esa filippinlik Jeyson Kano Manigos (30-12-2, 20 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Hozirgina bokschilarimiz murabbiylar hamrohligida Qozog‘istonga uchib ketishdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist