Bahodir Jalolov to’liq 8 raund davom etgan jangda hakamlar qarori bilan g’alaba qozondi
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida professional boks bo‘yicha IBA.Pro 10 turniri o‘tkazdi.
Musobaqa doirasida O‘zbekistonlik super og‘ir vazn toifasidagi professional bokschi Bahodir Jalolov rossiyalik raqibi Vitaliy Kuduxovga qarshi ringga chiqdi.
8 raund davom etgan jangda Jalolov hakamlar qarori bilan g’alaba qozonib prof boksdagi rekordini 16-0 ko'rinishiga yetkazib oldi.
Ma'lumot o'rnida, 31 yoshli o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi so‘nggi jangini aprel oyida Qozog‘istonda ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Avvalroq, Bahodirning 26 iyul kungi Nyu-Yorkda o‘tishi rejalashtirilgan jangi italiyalik raqibi Janmarko Kardiolning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli bekor bo‘lgandi.