locale OZ

“Bahodir Jalolov kamarlar uchun kurasha olmaydi!” - o'zbekistonlik bokschiga qarshi norozilik kuchaymoqda

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bahodir Jalolov kamarlar uchun kurasha olmaydi!” - o'zbekistonlik bokschiga qarshi norozilik kuchaymoqda
FОТО: Nurgali Jumagazi

Ikki karra Olimpiada chempioni, o'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Astanada o'tkazgan so'nggi janggidan so'ng tanqidlar yomg'iri ostida qolib ketdi.

Xususan, Rossiyaning Championat.com nashri hamyurtimizning so'nggi jangiga o'z noroziligini bildirdi.

“Jalolovning hozir ringda ko'rsatayotgan janglariga qarab aytish mumkinki, u top darajadagi raqiblar bilan ringga chiqsa, qiyinchilikka duch keladi. Hozircha Jalolov kamarlar uchun kurashish darajasidan ancha yiroqda.

Bahodir Usikdan o'rnak olib, o'z uslubini qayta ko'rib chiqishi, vaqti-vaqti bilan kuchliroq raqiblar bilan jang qilishni boshlashi kerak.

Agar u yaqin orada Fabio Uordli yoki Martin Bakole kabi raqiblar bilan uchrashsa, bu Jalolov uchun yaxshilik bilan tugamasligi aniq”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov o'zining so'nggi jangini ukrainalik sportchi Igor Shevadzutskiyga qarshi o'tkazdi. O'n raund davom etgan jangda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting