locale OZ

Bahodir Jalolov IBF reytingida bir pog‘ona pasaydi

O‘zbek bokschisi hozirda superog‘ir vaznda - 13-o‘rinda
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahodir Jalolov IBF reytingida bir pog‘ona pasaydi
Rasm: Telegram

O‘zbekistonning mashhur superog‘ir vazn vakili Bahodir Jalolov (15–0, 14 KO) Xalqaro boks federatsiyasi (IBF)ning yangilangan reytingida bir pog‘ona pastlab, 13-o‘rinni egalladi.

Jalolov bu yil faqat bir marta jang qildi — aprel oyida Ostonada ukrainalik Igor Shevadzutskiyni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi. Iyulda italiyalik Janmarko Kardillo bilan jang o‘tkazilishi kutilgan edi, ammo raqib sog‘ligi sabab maydonga chiqmadi.

Shuningdek, ikki karra Olimpiada chempioni WBC reytingida ham bir pog‘ona pastlab, hozirda 8-o‘rinda qayd etilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting