Ayubxon Baxtiyorov WBC Gran-prisida g'alaba bilan start qildi
17 aprel kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-pri turniri boshlandi. Musobaqa doirasida yarim o'rta vazn toifasidagi janglar start oldi. Ushbu vaznda O'zbekiston sharafini Ayubxon Baxtiyorov himoya qilmoqda.
Turnirning birinchi bosqichida u fransiyalik Jamal Radjabga qarshi jang qildi. Olti raundga mo'ljallangan jangning oxirgi bosqichi boshlangach, bir daqiqa o'tiboq, hakam jangni to'xtatdi. Baxtiyorov jang davomida kuchli ustunlikni namoyish etdi va oxirgi raunddagi zarba seriyasi orqali texnik nokaut bilan g'alabaga erishdi.
Ayubxon Baxtiyorov endilikda 20–22 iyun kunlari bo'lib o'tadigan ikkinchi bosqichda ishtirok etadi. Shuningdek, 18 aprel kuni boshqa bir o'zbekistonlik bokschi - Kamronbek Eshmatov ham WBC turniri doirasida ringga ko'tariladi.