locale OZ

Ayubxon Baxtiyorov WBC Gran-prisida chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik bokschi Kolumbiya vakili Bolanoni mag‘lub etib, raqibiga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni yetkazdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha nufuzli WBC Gran-prisi musobaqasi davom etmoqda.

Yarim yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ayubxon Baxtiyorov (6-0) musobaqadagi ikkinchi jangini kolumbiyalik Jon Bolanoga qarshi o‘tkazdi. Chorak final yo‘llanmasi uchun kechgan bellashuv 6 raund davom etdi va unda Baxtiyorov bir ovozdan — 59:55 hisobida — ochkolar evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi.

Bu natija orqali Ayubxon nafaqat musobaqa chorak finaliga yo‘l oldi, balki Jon Bolanoni professional faoliyatida ilk marta mag‘lubiyatga uchratdi.

Baxtiyorov uchun bu g‘alaba prof ringdagi oltinchi yutuq bo‘ldi va u hozircha mag‘lubiyatsiz harakat qilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting