locale OZ

Ayollar terma jamoamiz Xitoydagi xalqaro yig‘inda ishtirok etadi

O‘zbekistonlik bokschi qizlar 13–28 iyul kunlari Futszyan shahrida tayyorgarlik ko‘radi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Ayollar terma jamoamiz Xitoyning Futszyan shahrida o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. Yig‘in 13 iyuldan 28 iyulgacha davom etadi.

Ushbu yig‘inda quyidagi sportchilar qatnashadi:
• Farzona Fozilova
• Sabina Boboqulova
• Feruza Kazakova
• Nigina O‘ktamova
• Sitora Turdibekova
• Navbahor Hamidova
• Aziza Zokirova
• Sohiba Ro‘zmetova
• Oltinoy Sotimboyeva

Nigina O‘ktamova Xitoydagi xalqaro musobaqani yakunlaganidan so‘ng, jamoaga qo‘shiladi.

Jamoamizga murabbiylar Elshod Rasulov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibayev va Istam Kabinov boshchilik qiladi. Shifokor — Komiljon Rasulov.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting