locale OZ

Avazbek Xolmirzayev navbatdagi jangida yapon raqibga qarshi tushadi

ONE Championship doirasidagi jangda u Sanjar Zokirov mag'lub etgan Vada bilan ringga chiqadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

MMA bo‘yicha yurtdoshimiz Avazbek Xolmirzayevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. 24 yoshli hamyurtimiz 18 iyul kuni ONE FC tashkiloti doirasidagi turnirda oktagonga qaytishi rejalashtirilgan.

Uning navbatdagi raqibi — yaponiyalik Tatsumitsu Vada bo‘ladi. Vada o‘zbekistonlik muxlislarga begona emas. Joriy yil yanvar oyida u yana bir hamyurtimiz — Sanjar Zokirov bilan jang qilgan va ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan edi.

Avazbek Xolmirzayev professional faoliyati davomida 14 ta jang o‘tkazib, 12 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. 36 yoshli Vada esa 26 ta g‘alaba, 13 mag‘lubiyat va 2 durangga ega.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting