locale OZ

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev professional boksdagi yurishini davom ettiradi

U 26 sentyabr kuni Homestretch turniri doirasida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev professional boksdagi yurishini davom ettiradi
photo: boks Uzbekistan

Olimpiada chempioni, 3 karra jahon chempionati g‘olibi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev professional boksdagi yurishini davom ettiradi. U 26 sentyabr kuni Homestretch turniri doirasida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Raqib nomi tez orada ma’lum qilinadi.

Shuningdek, jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham 17 oktyabr kuni London shahridagi O2 Arenada bo‘lib o‘tadigan Daniel Dyubua – Fabio Uordli 2 turnirida ringga ko‘tariladi. Uning ham raqibi tez orada e’lon qilinadi.

Har ikki vakilimiz professional boksda 2 ta jang o‘tkazishgan va har ikkisida g‘alabaga erishgan.

Bokschilarimizga navbatdagi janglarda omad va zafarlar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting