locale OZ

Aleksandr Usik «Usyk17» promouterlik kompaniyasini qayta tikladi

Kompaniya joriy bahorda Kiyevda yirik boks kechasini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Usik «Usyk17» promouterlik kompaniyasini qayta tikladi
FOTO: Getty Images

Og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO yoʻnalishi bo‘yicha amaldagi mutloq jahon chempioni, mag‘lubiyatsiz Aleksandr Usik o‘zining «Usyk17» promouterlik kompaniyasi faoliyati qayta tiklanishini ma’lum qildi.

Kompaniya joriy bahorda Kiyevda yirik boks kechasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

«Usyk17 qaytmoqda. Shu bahorda Kiyevda katta turnir o‘tkazmoqchimiz, uning sanasini birozdan keyin e’lon qilamiz. Unda faqat ukrainalik yosh va istiqbolli bokschilar ishtirok etishadi. Biz bu yigitlarga o‘z maqsadlariga erishishda yordam beramiz. Mamlakatimizda yangi chempionlar yetishib chiqishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — deb yozdi Usik o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Kompaniya bilan ilk shartnomalarni imzolash va bo‘lajak tadbirlarning rasmiy anonslari fevral oyi oxirida kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting