locale OZ

Aleksandr Usik: Trаmp o‘z so‘zlari uchun javob bera olmayapti

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

38 yoshli ukrainalik bokschi, superog‘ir vazn toifasining sobiq mutlaq chempioni Aleksandr Usik AQShning prezidenti Donald Trаmpni tanqid ostiga oldi.

“U aytayotgan gaplari uchun javob berishi kerak. Ammo u javob bermayapti. U avval ‘buni bir oyda to‘xtataman’ degandi. Nega bunday degandi? Nega hali ham hech narsa o‘zgarmadi?” — deya keltiradi Usik so‘zlarini CNN.

Usik bu gaplari orqali Trаmpning Ukrainadagi urush yuzasidan qilgan bayonotlariga shubha bilan qarayotganini ochiq ifoda etdi.

Eslatib o‘tamiz, Usik 19 iyul kuni Daniel Dyuboaga qarshi jang o‘tkazadi. Unda g‘alaba qozonsa, yana superog‘ir vazn toifasining mutlaq chempioni unvonini qo‘lga kiritishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting