locale OZ

Aleksandr Usik professional faoliyatini qachon yakunlashini maʼlum qildi

Ukrainalik bokschi hozirga qadar 24 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Usik professional faoliyatini qachon yakunlashini maʼlum qildi
FOTO: Getty Images

Og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO kamarlari sohibi, 39 yoshli mag‘lubiyatsiz ukrainalik bokschi Aleksandr Usik professional boksdagi faoliyatini qachon yakunlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

«Yana bir yarim yil va Usik... Muxlislarim, murabbiylarim, jamoam hamda meni 2012 yildan, kimdir esa xalqaro maydondagi ilk muhim g‘alabalarimni qo‘lga kiritgan 2006 yildan beri kuzatib kelayotgan barcha insonlar uchun video murojaat yozib oladigan sanani belgilab qo‘yganman», — dedi Usik o‘zining «USYK17» YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Usik oʻtgan yilning 20 iyul kuni London (Buyuk Britaniya) shahridagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida britaniyalik Daniel Dyubua bilan to‘qnash kelgan edi. Aleksandr beshinchi raundda raqibini nokautga uchratib, g‘alaba qozondi. Ushbu revansh jangida og‘ir vazn toifasidagi mutloq jahon chempionligi unvoni tikilgan edi.

Usikning professional rekordi 24 ta g‘alabadan iborat bo‘lib, ularning 15 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Aleksandr professional boksda 2013 yilning noyabr oyida debyut qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting