Aleksandr Usik oʻzining eng qiyin raqibi kimligini aytdi
38 yoshli ukrainalik super og‘ir vazn chempioni, WBC, IBF, WBA Super, IBO va The Ring kamarlarining sohibi bo‘lgan, mag‘lubiyatga uchramagan Aleksandr Usik o‘zining eng qiyin raqibi kimligini aytdi.
«Mening eng og‘ir raqibim kim? Bu — Men. Hisob 50 ga 50, lekin baribir men yutaman. Chunki ichimdagi ikkinchi Aleksandr doimo: “Buni qilma, bu qiyin”, — deydi. Men esa unga: “Buni sen qila olmaysan, men esa qila olaman!” — deb javob qaytaraman», — dedi Usik YouTube’dagi Fight Hub TV kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik oxirgi jangini 20 iyul kuni Londonning «Uembli» stadionida britaniyalik Daniel Dyubua bilan o‘tkazgan edi. Bu jangda ukrainalik chempion beshinchi raundda nokaut bilan zafar quchdi. Mazkur bahs ikki bokschi o‘rtasidagi revansh hisoblangan.