locale OZ

Ahmadaliev, Madrimov va Jalolov To‘lqin Qilichevga Mercedes sovg‘a qilishdi

To‘lqin Qilichev 2022 yil avgustida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ahmadaliev, Madrimov va Jalolov To‘lqin Qilichevga Mercedes sovg‘a qilishdi
Фото: Исроил Мадраимовнинг инстаграмдаги саҳифасидан

O‘zbekistonlik professional bokschilar Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov o‘z ustozlari To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qilishdi.

Bokschilar 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 42 yoshli mutaxassisga Mercedes topshirishdi.

Qilichev 2022 yil avgustida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi.

Uning qo‘l ostida jamoa 2023 yilda o‘tkazilgan jahon chempionati va 2024 yilda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritishgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting