locale OZ

5 aprel kuni Braziliyada o'tayotgan Jahon Kubogi doirasida o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida yarim final janglari bo'lib o'tdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
5 aprel kuni Braziliyada o'tayotgan Jahon Kubogi doirasida o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida yarim final janglari bo'lib o'tdi
5 aprel kuni Braziliyada o'tayotgan Jahon Kubogi doirasida o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida yarim final janglari bo'lib o'tdi

5 aprel tunda Jahon Kubogida uch nafar o'zbekistonlik sportchi ringga chiqdi.

-55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaholilov (O'zbekiston) Gvatemalalik Xose Felip ega qarshi jang o'tkazdi. Ushbu jangda o'zbekistonlik bokschi mutlaq ustunlik ko'rsatib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi va musobaqa finaliga yo'l oldi.

Yana bir yarim final jangda -80 kg vaznda Javohir Ummataliyev (O'zbekiston) Qozog'istonlik Dias Moljigitov ga qarshi jang qildi. O'zbek bokschisi katta qiyinchiliksiz raqibini mag'lub etib, 5:0 hisobida finalga chiqdi.

O'zbekiston uchun uchinchi yarim final -85 kg vazn toifasida Akmaljon Isroilov (O'zbekiston) va Yakub Strashevski (Polsha) o'rtasida kechdi. Bu jangda ham o'zbekistonlik bokschi ishonchli g'alabaga erishib, 5:0 hisobida finalga yo'l oldi. Akmaljon Isroilov Jahon Kubogi finalida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting