locale OZ

2-aprel kuni Oʻzbekiston bokschilarining Jahon kubogidagi jang natijalari

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2-aprel kuni Oʻzbekiston bokschilarining Jahon kubogidagi jang natijalari
Rasm: Pinterest Jasur Ummataliyev

2-apreldan 3-aprelga oʻtar kechasi Braziliyada oʻtayotgan Jahon kubogida Oʻzbekiston sportchilari ishtirokida toʻrtta jang boʻlib oʻtdi.

Ringga tushgan bokschilar:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (Oʻzbekiston) – Nikolay Pavlik (Polsha)
-70 kg: Ikboljon Xoldarov (Oʻzbekiston) – Odel Kamara (Angliya)
-65 kg: Asadxoja Moydinxojaev (Oʻzbekiston) – Yuriy Reys (Braziliya)
-80 kg: Jasur Ummataliyev (Oʻzbekiston) – Robbi Gonsales (AQSh)

55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov Polshalik raqibini ishonchli tarzda 5:0 ыhisobida magʻlub etdi. 70 kg vaznda, afsuski, Oʻzbekiston vakili Angliya bokschisini yenga olmadi. Hakamlar qarori bilan gʻalaba Odel Kamara foydasiga hal bo’ldi. 65 kg vazn toifasida Asadxoja Moydinxojaev qiyin kechgan jangda Braziliyalik raqibiga 2:3 hisobida yutqazdi.
80 kg vaznda esa Jasur Ummataliyev keskin kurashda AQSh bokschisini minimal farq bilan 3:2 hisobida magʻlub etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting