locale OZ

2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari (LA 28) sari tayyorgarlik jarayonini boshqarish uchun Tom Diyelenni bosh kotib lavozimiga tayinladi

U ochiq tanlov asosida saylandi va o‘z faoliyatini 2026 yil fevral oyidan boshlashi ma’lum qilindi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari (LA 28) sari tayyorgarlik jarayonini boshqarish uchun Tom Diyelenni bosh kotib lavozimiga tayinladi
photo: boks Uzbekistan

World Boxing tashkiloti Los-Andjelesda bo‘lib o‘tadigan 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari (LA 28) sari tayyorgarlik jarayonini boshqarish uchun Tom Diyelenni bosh kotib lavozimiga tayinladi. U ochiq tanlov asosida saylandi va o‘z faoliyatini 2026 yil fevral oyidan boshlashi ma’lum qilindi.

Belgiya va Shveysariya fuqarosi bo‘lgan Diyelen Olimpiya sportida qariyb 30 yillik tajribaga ega. U 2005–2025 yillar davomida World Archery (Jahon kamondan otish federatsiyasi) bosh kotibi lavozimida ishlagan. Aynan uning rahbarligi ostida federatsiya Olimpiya dasturidan chiqib ketish xavfi ostidagi sport turidan nufuzli, moliyaviy barqaror va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tan olingan innovatsion tashkilotga aylangan.

World Boxing prezidenti Gennadiy Golovkin tayinlov yuzasidan shunday deb yozdi:

“Janob Diyelenning xalqaro sportdagi tajribasi tashkilotimiz oldidagi vazifalar va mas’uliyatlarga to‘liq mos keladi. Ishonchim komil, bu tajriba World Boxing ning kelajakdagi rivojiga xizmat qiladi.”

Tom Diyelen esa yangi lavozim haqida quyidagilarni ta’kidladi:

“World Boxing bosh kotibi sifatida Olimpiya harakatidagi yangi chaqiriqni qabul qilishdan juda mamnunman. Prezident Gennadiy Golovkin bilan ilk suhbatimizdayoq o‘zaro tushunganimizdan xursand bo‘ldim. Ushbu ishonch uchun unga va Kengashga minnatdorchilik bildiraman. Yaqin davrda Tailand va Senegalda yosh sportchilar uchun o‘tkaziladigan musobaqalar, shuningdek, Braziliya, Xitoy va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan World Boxing Cup turnirlari sportchilarning LA - 2028 sari yo‘lini boshlaydi. Oldinda juda hayajonli jarayonlar kutmoqda.”

Shuningdek, Diyelen yaqin oylarda World Boxing jamoasini kengaytirishni rejalashtirganini ham ma’lum qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting