19 yoshli Akmaljon Isroilov jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
O'zbek sportchisi mezbon Tiyjn Stottga qarshi jang olib bordi.
photo: boxing Uzbekistan
Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha Jahon chempionati o'zining hal qiluvchi qismiga yetib kelgan. Jamoalar birin-ketin medallarni jamg'arish orqali delegatsiga hisobiga medallarni taqdim etib kelishmoqda.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidagi eng yosh bokschi Akmaljon Isroilov (-86 kg) ishtirokidagi final bahsi poyoniga yetdi.
Mezbon Tiyjn Stottga qarshi jang olib borgan 19 yoshli bokschimiz raqibini kuchli zarbalari oldida ojiz qoldirib, jahon chempionligiga sazovor boʻldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor