locale OZ

Van Deyk «Liverpul»ni tark etishi mumkin

Van Deyk 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Van Deyk «Liverpul»ni tark etishi mumkin
Фото: Getty Images

Niderlandiyalik markaziy himoyachi Virjil van Deyk joriy mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishi mumkin. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, 35 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda. Ular orasida Madridning «Real» klubi, Istanbulning «Galatasaroy»i, «Milan» va «Inter Mayami» bor.

Van Deyk 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ayni paytda himoyachining bozordagi qiymati 15 million yevroni tashkil etmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting