Timur Kapadze: \"Ashurmatov ham, Shomurodov ham yosh bola emas\"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilari Eldor Shomurodov Turkiyaning "Istanbul Basaksehir", Rustamjon Ashurmatov esa Tehronning "Istiqlol" klubiga o‘tmoqda.
Sports24.uz sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzening bu transferlarga munosabati bilan qiziqdi.
"To‘g‘risi hali bu ikki transfer amalga rasmiy oshmadi. Har bir futbolchimiz yaxshi, kuchli klublarda va tajribali murabbiylar qo‘lida o‘ynashini tilayman. Shomurodov va Ashurmatov hozirgacha yaxshi jamoalarda o‘ynashdi, kuchli murabbiylar bilan ishlashdi. Ishonamanki, ularning oldida boshqa variantlar ham bo‘lgan. Bu ularning tanlovi, munosabatim ijobiy, har ikkalsiga omad tilayman. Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida bitta narsani tilayman: qaysi klubga o‘tishsa ham asosiy futbolchi bo‘lib, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishsin. Eldor ham, Rustam ham yosh bola emas. Har ikkalsi ham tajribali futbolchilar hisoblanadi", - dedi Timur Kapadze.